«sog‘lom turmush tarzi» tegli maqolalar


O‘zbekistonda “Aholi salomatligi-2030” strategiyasi ishlab chiqiladi
7 sentabr 2023, 10:50

O‘zbekistonda “Aholi salomatligi-2030” strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar jalb qilingan holda “Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqiladi. SSV hamda Salomatlik va strategik rivojlanish instituti 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish dasturini tuzadi.

Kuniga necha qadam yurish kerak?
25 iyun 2023, 00:30

Kuniga necha qadam yurish kerak?

Hozirgi kunga kelib insonlar har qachongidan ham kamroq harakat qilmoqda. Shu sababga ko‘ra, o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan aksariyat kishilar ko‘proq sayr qilishga harakat qilishadi. Biroq, aslida kuniga necha qadam yurish kerak? Nega bu savolga ko‘pincha 10 ming qadam degan javobni eshitamiz?

«To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
9 fevral 2023, 15:51

«To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Piyoda yurganlik uchun pul to‘laydigan platforma prezident farmoni bilan tugatilgani ma’lum bo‘ldi
26 may 2022, 15:18

Piyoda yurganlik uchun pul to‘laydigan platforma prezident farmoni bilan tugatilgani ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6 apreldagi farmoni bilan aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan «Sog‘lom turmush tarzi» (1hls.uz) platformasi faoliyati tugatilgan. Yanvar oyida ushbu platforma foydalanuvchilari sonini oshirish uchun davlat budjetidan 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi haqida prezident qarori imzolangan edi.

Qariyb 7 oyda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilariga 43,4 mlrd so‘m to‘lab berildi
30 dekabr 2021, 15:41

Qariyb 7 oyda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilariga 43,4 mlrd so‘m to‘lab berildi

Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasida (1hls.uz) ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. Shu yilning 10 iyunidan hozirgi kunga qadar platforma foydalanuvchilariga piyoda yurganligi uchun 43,4 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

2022 yilda 1hls.uz platformasiga 60 mlrd so‘m ajratiladi — prezident
10 noyabr 2021, 12:48

2022 yilda 1hls.uz platformasiga 60 mlrd so‘m ajratiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligiga 2022 yilda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini (1hls.uz) yanada ommalashtirish uchun qo‘shimcha 60 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur platformadan foydalanuvchilar bugungi kunda 600 ming nafarga yetdi, ularga piyoda yurgani uchun 18 mlrd so‘m to‘lab berildi.

2022 yildan 1hls.uz platformasidagi to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan qoplanadi
9 noyabr 2021, 15:08 15

2022 yildan 1hls.uz platformasidagi to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan qoplanadi

Prezident qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni 2022 yil uchun davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. Shuningdek, 1hls.uz ilovasida haqiqatda piyoda yurganligini aniqlovchi mexanizm joriy etiladi.

Butun shahar — o‘yin maydonchasi. Shahardagi faol dam olish odamlarni qanchalik yaqinlashtirmoqda?
11 oktabr 2021, 10:45

Butun shahar — o‘yin maydonchasi. Shahardagi faol dam olish odamlarni qanchalik yaqinlashtirmoqda?

Shahar sport bilan shug‘ullanish va do‘stlar bilan vaqtichog‘lik qilish uchun eng yaxshi joy. Aholining faolligi joylarni o‘zgartiradi va ularga hayot bag‘ishlaydi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin toshkentliklar qanday qilib ko‘cha-ko‘yda dam olib, mashg‘ulot o‘tkazayotganini kuzatdi.

Yurish uchun to‘lov vaqtincha to‘xtatildi
18 sentabr 2021, 11:18

Yurish uchun to‘lov vaqtincha to‘xtatildi

1hls.uz platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligi sabab qadamlar uchun pul to‘lashni to‘xtatildi. Agar hisobda 500 mln so‘mdan kam mablag‘ qolsa to‘lov to‘xatilishi tushuntirildi. Iyun oyidan buyon fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.

Yevropada velosipedchilar sonini 2030 yilgacha ikki barobarga oshirish rejalashtirilmoqda
19 may 2021, 16:40

Yevropada velosipedchilar sonini 2030 yilgacha ikki barobarga oshirish rejalashtirilmoqda

Yevropa mamlakatlari mintaqada 2030 yilga qadar velosipedchilar sonini oshirishni ko‘zda tutgan rejani imzoladi. Hukumatlar piyoda sayr qiluvchilar sonini oshirishni ham maqsad qilgan. Ushbu choralar yo‘llardagi tirbandliklardan xalos bo‘lish, shahar muhitidan samarali foydalanishga imkon beradi, deb hisoblamoqda ekspertlar.

2020−2025 yillarda sog‘lom ovqatlanish dasturi indikatorlari belgilandi
17 noyabr 2020, 11:48

2020−2025 yillarda sog‘lom ovqatlanish dasturi indikatorlari belgilandi

2025 yilga kelib aholining umr ko‘rish davomiyligini 75,1 yoshdan 76,4 yoshgacha oshirish hamda semizligi bo‘lgan aholi ulushining o‘sishini 23,5% darajasida to‘xtatish rejalashtirilgan. Ushbu rejalar sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish dasturida belgilanadi.

«Shaxsiy namuna deyilgani bejizga emas» — Sherzod Shermatov
10 noyabr 2020, 17:53

«Shaxsiy namuna deyilgani bejizga emas» — Sherzod Shermatov

Sherzod Shermatov 10 mingdan ortiq qadam bosib, rahbar sifatida shaxsiy namuna ko‘rsatish oson emasligini aytdi. U taxminan 2 soatlarda 9 kilometrni bemalol yurib borsa bo‘lishini ta’kidlagan.

2021 yildan bolalarga vitamin va yod preparatlari tekinga tarqatiladi
7 noyabr 2020, 18:16

2021 yildan bolalarga vitamin va yod preparatlari tekinga tarqatiladi

Kelgusi yildan boshlab bolalarga vitaminlar, parazitlarga qarshi dorilar, yod preparatlari, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga foliy kislotasi va ferrum bepul beriladi. Prezident ushbu amaliyot bekor qilingani bois davolanish uchun 10 marta ko‘proq mablag‘ sarflashga to‘g‘ri kelayotganini qayd etdi.

O‘zbekistonliklarga yurgani uchun pul to‘lanadi
31 oktabr 2020, 15:07 18

O‘zbekistonliklarga yurgani uchun pul to‘lanadi

Fuqarolarga bir kun davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurganlari uchun 3 ming so‘m, bir oy davomida bosib o‘tilgan eng ko‘p qadamlar uchun esa 1 mln so‘m to‘lanishi belgilandi. Buning uchun har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.

«Aholimizni ko‘proq yurish, to‘g‘ri ovqatlanishga odatlantiramiz» — sog‘liqni saqlash vaziri
15 oktabr 2020, 15:49

«Aholimizni ko‘proq yurish, to‘g‘ri ovqatlanishga odatlantiramiz» — sog‘liqni saqlash vaziri

Sog‘liqni saqlash vaziri Oqoltin tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan aholi o‘rtasida yurish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tajriba to‘g‘risida so‘zlab berdi. U sog‘lom turmush tarzi koronavirusga qarshi kurashda eng samarali yo‘l ekanini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting